#matbuotda_biz

Bu bayram, aslida, masʼuliyatga chorlov. Biz oʻz-oʻzimizga savol qoʻyamiz: ustozni qanday qoʻllayapmiz? Dars xonalari qay ahvolda, laboratoriya va kitoblar yetarlimi, internet barqarormi, xavfsizlik kafolatlimi? Sinflar ixchamlashmoqdami, byurokratik ogʻirlik kamayaptimi? Ustozning maoshi tinch oʻqitishga imkon beradimi, malaka oshirish eshiklari ochiqmi? YUNESKO hisob-kitoblarida 2030-yilgacha dunyoga oʻnlab million yangi oʻqituvchi kerakligi taʼkidlanadi — bu esa kasb nufuzini oshirish, moddiy ragʻbat va ijtimoiy himoyani kuchaytirish dolzarbligini koʻrsatadi

 «JAMIYAT» gazetasining 2026-yil 24 sentabr kungi 37-sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hodimlari Boʻri Qodirov va Alisher Atayevning «QADRIYAT TAQVIMGA KIRGAN SANA» nomili maqolasi eʼlon qilindi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram