Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat: “Abduvohid, turk-oʻzbekcha ismlar roʻyxatini tuzish kerak”, deb murojaat qilib qoldi. Men: “Buni qarang, Rahmat aka, qariyb oʻn yillardan beri chin oʻzbekcha otlarni yigʻib kelaman”, – deb javob qildim.
Hozirgi oʻzbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha, forscha va turk-oʻzbekcha ismlar guruhiga boʻlish mumkin. Afsuski, ular ichida eng gʻaribi, eng kam uchraydigani – chin oʻzbekcha ismlardir. Keyingi paytlarda esa ularning soni yanada keskin kamayib bormoqda. Oʻz farzandini oʻz tilidagi ot bilan atashga or qiladigan oʻzbekday millat boʻlmasa kerak.
Shuningdek, oʻzbek ismlari ichida aralash: arabcha-oʻzbekcha (Alloberdi), forscha-oʻzbekcha (Gulyuz), forscha-arabcha (Dilmurod) ismlar ham juda koʻp.
Maʼlumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi islomiy boʻlishi kerak, degan aqida taʼsirida sof turkiy ismlar qoʻyish udumi oʻrta asrlardayoq taraqqiyotdan toʻxtagan. Oʻtmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili, adabiyot tili boʻlib kelganligi uchun forscha ismlar bundan turk ismlariga nisbatan kam ziyon koʻrgan. Shunday boʻlsa-da, oʻtmishda ajdodlarimiz chin oʻzbekcha ism qoʻyish udumini saqlab kelishgan. Ammo bugungi kunda, oʻzbek tili arab, fors tillari taʼsiridan ancha mustaqil boʻlgan bir paytda, chin oʻzbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi avlod farzandiga seriallarda koʻrgan, qulogʻi yoqtirgan biror qahramonning ajnabiy, maʼnosini oʻzi ham tushunmaydigan ismini ravo koʻrishi mumkin, ammo oʻzbekcha ot qoʻymaydi. Oʻzbekcha ism goʻyoki eskilik sarqiti, “modniy” emas.
Xullas, men ancha yillardan beri oʻzim bilgan, eshitgan, manbalarda duch kelgan chin oʻzbekcha otlarni yigʻib kelayotgan edim. Rahimjon Rahmatning gapi bilan uni eʼlon qilib koʻrsammi, deb oʻyladim. Albatta, bu ish hali chala, ancha toʻldirilishi kerak, ehtimol, bir kun uni kitob holiga keltirish mumkin boʻlar. Eslatib oʻtaman, ushbu roʻyxatga aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay turkiy (Tangriberdi) ismlar kiritildi. Agar sizga ushbu roʻyxatda keltirilmagan, siz yashaydigan hududda uchraydigan chin oʻzbekcha otlar (albatta ular juda koʻp) maʼlum boʻlsa, ularni izohda yozib qoldirsangiz, buning uchun oldindan oʻz minnatdorchiligimni bildirib qolaman. (Iltimos, faqat sof oʻzbekcha (turkiy) ismlarni taklif qilsangiz.)
Chin oʻzbekcha otlar
(Tuzuvchi Abduvohid Hayit)
A
Adashboy
Alp
Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)
Alpomish
Alptegin (Gʻaznaviylar davlati asoschisi)
Alper
Arslon
B
Balqiya
Barchin (Maʼnosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lugʻotit-turk” ind. 57)
Bahodir
Begimoy
Begoyim
Begimqoʻl
Bektosh
Beybars (Mamluklardan birining oti)
Bekboʻta
Bektemir
Bekqul
Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti)
Berdi, Berdibek
Berkin
Bibixon
Bibish
Bilga
Boybek
Boyboʻri
Boyir
Boykeldi
Boysun
Boysari
Boysunqoʻr
Bolibek
Bolqiboy
Bolbuvi
Bolta
Botir
Bosim
Boshbek
Burxon (arabcha “burhon” emas, qadimgi turkiycha “burxan”, “burqan”)
Burgut
Boʻrivoy
Boʻritosh
Boʻta
V
G
Goʻzal
D
Dadaxon
Ye
Yetmishboy
Yo
Yovqoch (Jovqoch)
Yovqochdi
Yozi
Yozibek
Yolqin
Yorqin
Yorqinoy
Yomgʻir
J
Jovli
Jongil
Z
I
Inju
Inoq
Ipak
Y
Yoʻldosh
Yoʻlbars
Yoʻlchi
Yigitali (-ali – arabcha)
K
Katta, Kattabek
Kattabuvi
Kengboy
Kenja
Ketmon
Kimsan
Kimsanboy
Kunsuluv
Kuntugʻmish
Koʻklamboy
Koʻpaysin
Koʻrkli
Koʻchakboy
Koʻchar
Koʻchim
Koʻchimxon
Koʻkalp
L
Lochin
M
Mayram
Manguberdi
Meli
Meliqoʻzi
Mengir
Mengli
Menglixon
Momoxon (Momoxol: “xol” – forscha)
Momobuvi (bibi)
N
O
Oybalqi
Oybek
Oybeka
Oybibi
Oyday
Oydin
Oysara
Oysuluv
Oytosh
Oytoʻla
Oychechak
Oychuchuk
Oyxon
Oyxonim
Oyqiz
Olmaxon
Olmos
Oltmishboy
Olgʻu (“Olgʻu Chigʻatoyning nabirasi tutur”. Abulgʻoziy. Shajarayi turk. 89-bet)
Onaxon
Oppogʻoy
Orol
Ortiq
Otabek
Otaboy
Otaxon
Ochildi
Ochil
Oqin
Oqbilak
Ogʻabek
P
Pamuq
R
S
Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud Gʻaznaviyning otasining ismi)
Saljuq
Sanjar
Sevar
Sevara
Sevgi
Sevinch
Sotvoldi, Sotiboldi
Suluv
Suyun
Suyunbek
Suyunbeka
Suyunch (Shayboniyxon oʻgʻlining ismi)
Suyanch
Suyar
Suyarqul
Suqsur
T
Tangriberdi
Tangribek
Tanishbek
Tarxon (Tarkan)
Tegin
Tegina (Teginabegim)
Tesha, Teshavoy
Tilov
Tilak
Tinibek
Tirkash
Toymas
Tolmas
Tongotar
Tosh
Toshbolta
Toshbuvi, Toshbibi
Toshtemir
Toshtoʻxta
Toshqin, Toshqinboy
Togʻay
Togʻboy
Tuyma, Tuymaboy
Tuygʻu
Tuman
Turat
Turdi, Turdibek
Turkonbegim
Turon
Turgʻun
Turgʻunboy
Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354-yili Temurbek 18 yoshida Turmish oqaga uylangan)
Tursun, Tursunboy
Tursunoy
Tugʻluq (Tugʻli, Tuxli)
Tugʻrulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)
Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti).
Toʻychi
Toʻla
Toʻlagan
Toʻlgʻonoy
Toʻlqin
Toʻra, Toʻraqoʻl
Toʻti
Toʻxta
Toʻxtaboy
Toʻxtasin
Toʻxta
Toʻqsuluv
Toʻgʻri, Toʻgʻribek
U
Uzoq
Uytoʻl, Uytoʻloy
Uytoʻla
Ulash
Ullibibi
Ulboʻlsin
Ulugʻbek
Ulugʻberdi
Ulugʻboy
Ulugʻxon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi toʻrtinchi hukmdorining ismi. (1265–1287) Gʻiyosiddin Balban)
Ulgʻay
Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi turkiyda “umid” maʼnosida “umdu”, “umunch” soʻzlari boʻlgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” – umidlandim)
Unsin, Unsinoy
Uchqun
F
X
Xontemir
Xonkeldi
Xonbibi
Xoqon
Ch
Charos
Chagʻribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti. “Chagʻri” eski turkman tilida “lochin”)
Chechak
Chinni (Chinnixol, chinnigul)
Chingiz
Chuchuk
Choʻli (Choʻlli)
Choʻyan
Sh
Shodlik
Shaymanboy
Shunqor
E
Egamqul
Egamberdi, Egambergan
Elbek
Elkezar
Elsevar, Elsuyar
Eltuzar
Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi hukmdorining ismi. (1211–1236) Toʻliq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)
Elxon
Enaxon
Enaqiz
Epkin
Eralp
Eran
Erbek
Ergash
Erboy
Erqul
Esirgap
Eshbek
Eshboy
Eshboʻri
Eson
Yu
Yulduz
Yurtsevar
Ya
Yayra
Yangiboy
Yarlaqab
Yashin
O‘
Oʻdaboy
Oʻzbek
Oʻzbegoyim
Oʻktam
Oʻlmas
Oʻljaboy
Oʻlmas
Oʻlmasoy
Oʻnar
Oʻngboy
Oʻrin
Oʻrinboy
Oʻrol
Oʻroz
Oʻroq
Oʻrxon
Oʻsar
Oʻskan
Oʻtkir
Oʻgʻiloy, Oʻgʻilxon
Oʻgʻilcha
Oʻgʻuzbek (Oʻgʻuzxon)
Oʻqtoy
Q
Qaldirgʻoch
Qambar
Qamchi, Qamchibek
Qarshi, Qarshiboy
Qashqir
Qizlarbegi
Qizlarbibi
Qizlarxon
Qilich
Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)
Qirmiz
Qirgʻizboy
Qozoqboy
Qoplon
Qoravoy
Qorasoch
Qoracha
Qoryogʻdi
Qorjov
Quvnoq
Quvonchbek
Quvondiq
Quyosh
Qumri
Qunduz
Qutlug‘
Qutbuka
Qutlibeka (Qutlugʻbeka)
Qutluqqiz
Qoʻzi, Qoʻziboy
Qoʻyli
Qoʻysin
Qoʻldosh
Qoʻralay
Qoʻsh(sh)a
Qoʻshoq
Qoʻchqor
G‘
H
Hulkar
Abduvohid HAYIT