Tadbirda oromgoh tarbiyachi ustozlari hamda bolajonlar faol ishtirok etdi. Dastur davomida ular uchun qiziqarli madaniy chiqishlar namoyish etilib, ezgulik, vatanparvarlik, kitobxonlik va milliy qadriyatlarni ulugʻlashga bagʻishlangan maʼnaviy suhbatlar uyishtirildi.