30-iyul "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan hududlardagi Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarida turli millat vakillari o‘rtasida Muloqot klubi tashkil etilmoqda.
Shu qatorda, Buxoro viloyati Ma’naviyat va ma’rifat maskanida Buxoro shahridagi milliy madaniy markaz faollari jam bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida Muloqot klubi a’zolari, milliy-madaniy markaz vakillariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.