🇺🇿 DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR
Kadastr agentligi tizimida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Ma’ruzalar davomida:
Mustaqillikning tarixiy ahamiyati;
inson qadrini ulug‘lash va huquq hamda manfaatlarini ta’minlash;
xalq farovonligini oshirish;
jamiyat va davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram