Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Sana munosabati bilan 23–31 iyul kunlari “Do‘stlik” festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida respublika bo‘ylab konsertlar, teatr tomoshalari, madaniy-ma’rifiy dasturlar, ijodiy uchrashuvlar va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilib, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalari yanada keng targ‘ib etiladi.
“Do‘stlik” festivali — turli millat va elat vakillarini yagona maqsad yo‘lida birlashtiruvchi, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim maydon.
Siz ham ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlang va do‘stlik bayramining faol ishtirokchisiga aylaning!