Ota-onalar farzandining maktabda qanday oʻqiyotgani, fanlardan olayotgan baholarini bilish uchun maktabga qatnab, oʻqituvchilar orqasidan yugurish shartmas. Endi bu boʻyicha barcha maʼlumotlarni my.gov.uz orqali uydan chiqmay turib, telefonda koʻrish mumkin.

Xabarda aytilishicha, endilikda kattalar my.gov.uz orqali bolaning oʻzlashtirishi, yaʼni har bir fan boʻyicha joriy baholari va oʻrtacha koʻrsatkichi, sinfdagi umumiy baholar statistikasi va darajasini bilish imkoniga ega.

Bundan tashqari, platformada taʼlim muassasasining nomi va manzili, maktabdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilarning umumiy sonini ham koʻrinadi.

Bu qulaylikdan foydalanish uchun quyidagi ketma-ketliklar bajarilishi lozim:

1️⃣ my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kirish;

2️⃣ Shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻtish;

3️⃣ Bolaning maʼlumotlari yonidagi “Maktab maʼlumotlari” tugmasini bosish.

“Ota-ona sifatida farzand taʼlimini nazorat qilish va ularning muvaffaqiyatidan xabardor boʻlish endi bir necha soniyalik ishga aylandi”, deyiladi xabarda.