Ertaga — “Avtomobilsiz kun”
25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko‘ra, ertaga davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kuniga to‘g‘ri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram