Madaniyat vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori lavozimiga tayinlandi.

Fotih Jalolov mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Yangi tayinlangan direktorni teatr jamoasiga madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Sayfullayev tanishtirdi.