"Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida Gʻallaorol tumanida tashkil etilgan “Shukronalik” loyihasi uchrashuvlari yurtga muhabbat, shukronalik va milliy qadriyatlarni ulugʻlash ruhida oʻtdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etib, Vatan tinchligi va mustaqillikning bebaho neʼmati haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy dasturda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar haqida vedorolik namoyish etildi. Vatan va istiqlolni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, sheʼrlar oʻqildi hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Uchrashuv ishtirokchilari qalbida ona yurtga sadoqat, xalqimizning boy maʼnaviy merosiga hurmat va ezgu qadriyatlarga sodiqlik tuygʻulari yanada mustahkamlandi.