Germaniya arxivlaridan turkistonlik “yetmishvoy”larning izlarini topishni maqsad qilgan yurtdoshimiz Botirali Jondoriy sabab Sattor Jabbor, Abduvahhob Murodiy, Solih Muhammad va boshqalarning universitetdagi taʼlim jarayoni, amaliyot va turmush tarzi bilan bogʻliq koʻplab hujjatlarni qoʻlga kiritdik. Ular orasida turkistonlik qizlar – Xayriniso Majidxonova va Maryamxon Sultonmurodovalarning Darmshtadtda yozgan insholari, ayniqsa, ayricha. 1925-yil 26-noyabr sanasi bilan bitilgan rus tilidagi “Mening vatanim” deb nomlangan insholarda qizlarning biri Toshkentni, ikkinchisi Xorazmni oʻzining vatani sifatida qayd etadi. Quyida beradiganimiz, qizlarning erkin mavzuda yozgan insholarining ahamiyati shunchalar kattaki, ularni ommaga, albatta yetkazish kerak, deb oʻyladik. Eslatib oʻtamiz, ushbu insholar OAVda birinchi marta eʼlon qilinmoqda. 

Xayriniso Majidxonova arab alifbosida bitilgan “Osiyo bilan Ovruponing bir biriga boʻlgʻon taʼsirlari” deb nomlangan turkcha inshosini “Bundan bir necha asrlar avval osiyoliklarning ham qoʻllarinda katta madaniyatlari bor edi. Soʻnggi vaqtlarda bu osiyoliqlarning madaniyatini ortda qoluvigʻa yoʻqolishigʻa sabab boʻlgʻon bir necha narsalar boʻldi. Baxtsiz osiyoliqlarning necha ming yillardan beri kelib yotgʻon madaniyatlarini din boshqa narsalar deb yoʻqotmagʻon boʻlsalar edi. Keyingi vaqtlarda boshlariga kelgan zoʻr balolarga uchramagʻon boʻlur erdilar! Ham dunyoda eng yuksak madaniyatli xalqi boʻlur edilar”, deb boshlaydi. “Avvalgi zamonda ovrupoliqlar madaniyatni Osiyodan olgʻon boʻlsalar, soʻng vaqtlarda bizlar unlardan olishqa majbur boʻlamiz. Ovrupoliqlar Otilla zamonidan boshlab amal salb urushlarina qadar eski misrlilar ham shuning orqasindan Qitoy, Eron ham arablarning madaniyatlari bilan oshno boʻlgʻonlar. Masalan, Horun ar-Roshid zamoninda Arabistonda madaniyat eng taraqqiy etgan zamoni boʻlgʻon...”, deb yozarkan, maqsadga koʻchib, “Osiyoliqlar ham soʻng vaqtlarda Ovrupodan koʻp foyda oldilar...” deydi va misollarga oʻtadi: Siyosiy sohada hukumat idoralarida Ovrupo usuli paydo boʻldi, turmushda kiyimlarning ovrupolashuvi, ovrupocha maktablar, sanʼatda teatr va musiqiylarini milliylashtirdilar.

Xayriniso Majidxonova. SI da qayta ishlangan surat 

Shuningdek, “...Usmonli turklarning shoirlari koʻbincha Fransiya adabiyotina taqlid etardilar. Bu shoirlar fransuzlarga butunlay taqlid etganlarni katta ziyoni boʻlsa-da foydasi ular uyquda yotqon turk xalqini uygʻotdilar... Hozirda osiyoliqlarning ham madaniyatlari taraqqiy eta boshladi. Oz zamonlarda osiyoliqlar ham ovrupoliqlar kabi yuksak madaniyatga ega boʻlishlari koʻrinadir” degan xulosa bilan inshoni yakunlaydi.

***

Maryam Sultonmurodovaning 1925-yil 17-iyun sanasi bilan yozgan “Turk adabiyotinda soʻng jarayon” deb nomlangan inshosi yana ham keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Endigina yigirma yoshni qarshilagan qizning turk adabiyoti tarixi va keyingi zamonlarda kechayotgan jarayonlarni qanchalik teran anglagani sizni hayratga soladi. Ayniqsa, yagona adabiyot yaratish zaruriyati haqidagi fikrlari, tavsiyalari bugungi kunda ham dolzarb ekani diqqatga sazovor. Muallif tili va fikrlarning qimmatini yoʻqotmaslik uchun inshoni qisqartirmagan holda oʻquvchilar eʼtiboriga havola etishni maʼqul topdik:

“To eski zamonlardan beri turk lisoni turk eli kabi yer yuzinda buyuk va muhim bir oʻrun tutqondir. Eski turklarning kendilarina (oʻzlariga) doir bir milliy madaniyati, milliy adabiyoti oʻldigʻini tarixlardan bilsak-da, yozmada u vaqtlardagʻi hayajonli hayoti va muning taʼsiri oʻlaroq unlardan bu kunda biza Bugʻroxon zamoninda 1086 milodiyda sof va goʻzal turk tili ilan yozulgʻon va bu kunda butun dunyoning turkulugʻlarini kendina (oʻziga) maroq etadirgan “Qutadgʻu bilik” ismli asardan oʻzga hech bir shey biroqmamishdir (narsa qoldirmagan). Turklikning avvalgi shonli zamonlarindogʻi buyuk hayotini, odatini, madaniyatini biza goʻzal eski turk tilinda (lisoninda) soʻzlayan bu asar u vaqtlar turkning milliy yozisi oʻlon uygʻur yozuvi ilan bitilgʻondir.

Bu til, bu yozi butun Osiyo kengliklarini qamragandi. Xususan, buyuk Chingizxon zamoninda davlat va hayot tili oʻlaraq ishlatilmishdir. Soʻngralari turklara islom taʼsiri kirmagi ila islom dini va arab xarfi taʼsiri ostinda turklar kendi (oʻz) millatlarini unutmishlar. Xususan, Sharqdan ayrulib gʻarba ketgan Gʻarb turklari millatlari ila barobar u goʻzal lisonlarini-da gʻarbning va ajamning turklikka hech shey vermayan (hech narsa bermagan) lisonlarina qurbon etmishlardir. “Biz turklar agar Erondan oʻgranmasaydiq geri vaxshi(ortda) qolirdiq, turkligi goʻzallashtiran Erondir” deya davo edanlar vor(bor). Yon-yona oʻlon millatlar yon-yona qoʻnon sijoq va sugʻuq (issiq va sovuq) jismlar kabidir.

Maryamxon Sultonmurodova. SI da qayta ishlangan surat 

Gench (yosh) millatlar asorina vujud vermish daho avvalgi millatlardan albat istifoda etarlar. Bu turk uchun na kimsaya nasib oʻlmayan bir qozonchdir, na-da bir zaifdir. Chunki butun millatlarning tarixi bir-birila aloqador millatlar orasida yuksaklik daho sungragina nagʻuz etdigini goʻstarir. Turklikning Erona verdigi tillari bu kunda ichimizda hangi (qaysi) birimiz bilyur?

Oʻrta Osiyoda turk, eroniy, chiniy chinni erona naql etmish va buning-la qolmadan eroni arab oʻlkasi oʻlmadan qurtarmish. Yangidan bir martaba daho doʻnmak ehtimoli oʻlmayan u eski shonli zamonlarini yanadan bir marta maydona keturmishdir. Eski Eron tarixinda turk eronning bir dastagidirki uni oldigʻimiz zamon Eronning naylajagʻigʻa hech shubha qolmas. Eronsiz bir turk dunyosi yana maydona kelajak va bukungidan ozmi-koʻpmi farq bilan yana yashamaya chiqadi. Faqat Eronni turksiz tasavvur etmak bizim uchun mumkin oʻlamiyajaqdir. Biz Erondan oldigʻimiz sheylari taqdir etmak istayursak, unlara verdigimiz sheylari-da taqdir etmamiz lozimdir.

Soʻnggi zamonda turklarning bir qavmi adabiyoti turkning munavvarlari-la ming barobar maydona keturdiki, adabiyot vorkan ishta u turklar Erona oʻgʻromaqdan soʻngra soʻnmish va bitmish va naqadar buyuk turk shoir va adiblari asarlarini ajam va arab tilinda yozmishlardir. Oʻrta Osiyoda Temurxon zamoninda turklik yana bir marotaba ajnabiy taʼsirlar ustidan gʻalaba choldi esa-da, bu-da Temurxon davlati u vaqtlarda maydona kelmish buyuk turk shoiri – Navoiy, Xoʻja Ahmad Yassaviy va buyuk turk riyozuyuni, filasufi, astronomi Ulugʻbeklar oʻldikdan soʻngra bu-da yoʻqolmish unlar-la barobar soʻnmishdir.