1996-yilning 18-oktyabrida Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkent markazi – buyuk sarkarda nomi bilan ataluvchi xiyobonda “Temuriylar tarixi muzeyi” barpo etilgan. Oradan 30 yil oʻtib, sohibqironning 690 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan muzey rekonstruksiya qilinib, xorijdan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi va zamonaviy texnologiyalar bilan yangicha qiyofa aks etdi.

Amir Temur qabri ochilganida muzey uchun berilgan eksponat va Temuriylar davridagi gender masalalarining muzeydagi aksi — Oyina.uz Temuriylar tarixi muzeyidagi asosiy oʻzgarishlar haqida hikoya qiladi.

Zumrad qandil va panno – muzeyning tashrif qogʻozi

XIV-XVI asrda hukmronlik qilgan ulug‘ sulola tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi ushbu muzey Oʻzbekiston davlat noyob ilmiy obyektlari roʻyxatiga kiritilgan. U oʻzida saqlagan tarixiy eksponatlardan tashqari, binosining klassik, sharqona va zamonaviy meʼmorchilik uslubi bilan ham alohida sanʼat asari sifatida koʻriladi va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor manzillaridan sanaladi.