Oʻzgidromet 23-oktyabrgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, ushbu ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi.
Harorat foni iqlim meʼyoriga mos boʻladi. Hafta boshida havo harorati kechalari +5– +10, kunduz kunlari +20– +25 daraja iliqni tashkil etadi.
Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni +3– +8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +17– +22 darajagacha pasayadi.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati +23– +25 darajani tashkil etadi. 21-22-oktyabrda +20– +22 darajagacha pasayadi.
20-oktyabrga oʻtar kechasi harorat +10– +12 daraja iliq atrofida boʻladi, biroq 22-oktyabrga kelib +6– +8 daraja iliqqacha pasayadi.