Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tugʻilgan. Taniqli soʻz ustasi agar hayot boʻlganida bugun 68 yoshni qarshilagan boʻlar edi.
Xalqona, samimiy va sodda latifalari bilan yosh-u qarining koʻnglidan joy olgan Hojiboy Tojiboyev hozir ham koʻp davralarda eslanadi, eʼtirof etiladi. Hatto bir qancha hazillaridagi jumlalar xalq tiliga koʻchib, alohida iboraga ham aylangan.
Sanʼatkor tavalludining 68 yilligi munosabati bilan sizlarga 68 ta mana shunday ommalashgan iboralarni va hazil jumlalarni eslatmoqchimiz:
1. “Borma, kuyasan… Hoy, kuyasan… Ana, kuyding!”;
2. “Allaning soʻzi qani?.. Soʻzi yoʻq!”;
3. “Allada avj yoʻq, bola zerikib uxlab qoladi...”;
4. “Tur, padaringga laʼnat, haliyam yotibsanmi? Soat 10 boʻldi!”;
5. “San, san, odam boʻlmaysan!..”;
6. “Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutayapti!”;
7. “Mol sutidan molning xarakteri oʻtadi-da!”;
8. “Gapirishni bilmaydi, lekin qoʻy boqishni biladi!”;
9. “Qoʻy yogʻidan sursa, yaxshi boʻlib ketasan…”;
10. “Hozir borib sevib kel!”;
11. “Bilaman, sen Qashqadaryodan boʻlsang kerak, sen Surxondaryodansan…”;
12. “Sen ketmon bilan beliga solasan, men oʻroq bilan oyogʻiga…”;
13. “Odam oʻzini qoʻltigʻidan ham osadimi?”;
14. “Boʻldi, hozir chaqirib beraman… Ketib qolish yoʻg‘-a...”;
15. “Uyda uchta hoʻkizim bor, toʻrtinchisi Toshkentda oʻqiyapti...”;
16. “Bu bashara bilan dunyodan toq oʻtib ketsam kerak!”;
17. “Aqling boʻlsa qizlarni baquvvatiga uylan…”;
18. “Qoʻliga ketmon berib qoʻysang yerning jigarini sugʻurib oladi!”;
19. “Oʻlib-oʻlib boqqan qizimni traktorchiga beramanmi?”;
20. “17-stolbadan chapga burilaman – “xlopzavod”-da!”;
21. “Traktorchilar keldi. Ichkari uy boʻshmi? Kim oʻtiribdi? Oʻqituvchilar! Chiqar oʻqituvchilarni!..”;
22. “Uyatli mehmonlar kelib qoldi… Nima, qolganlar uyatsizmi?”;
23. “Nozik mehmonlar keldi desa, 150 kg vazndagi odamlar kirib kelayapti”;
24. “Qorin qanaqa? – Yumaloq”;
25. “Shoʻrvaga oʻtirib borasizlar…”;
26. “Falonchini oshida koʻrinmadingiz…”;
27. “Oʻtirib borardingiz… Yotib borardingiz...”;
28. “Olishib oʻtiringlar...”;
29. “Aptekadagi emblemani maʼnosi nima? – Oying choy ichayapti…”;
30. “Yaxshi yotib turing, oltita bolaning onasi – Sizam yaxshi yotib turing, ikkita bolaning otasi”;
31. “Tomimiz qoʻshnini tomidan bir qarich baland boʻlsin!”;
32. “Vasvasaga tushgan odamlar uchun “Vasvasagin” degan dori...”;
33. “Ayollar uchun “Antijag‘” yoki “Chakakagil” degan dori...”;
34. “Allo, Buxorooo!..”;
35. “Yerning iloji yoʻq, iloji boʻlganida oʻzim xumda oʻtirarmidim?!”;
36. “Eng kam oylik 50 ming, xalqimiz bir oyga 450 ming xarajat qiladi… Qolganini qayerdan oladi, bilmaymiz...”;
37. “Meni senga beradigan hech narsam yoʻq, mayli quruq qolma savol beraman… Oʻqituvchida nima koʻp – savol koʻp!”;
38. “Bir otaxon 50 yil bitta maktabda ishladi, chunki uning oʻrni hech kimga kerak emas!”;
39. “Podpisim chiroyli, lekin hech qayoqqa oʻtmaydi”;
40. “Demak, yerni chuqurroq haydamagansan…”;
41. “Ob-havoning noqulay kelganligi tufayli…”;
42. “Birinchidan, sensirama meni, sendan kattaman!”;
43. “Mndeey hisob-kitob qilib koʻrsam menga “невыгедно” ekan!”;
44. “Nobelni oʻylab topgan odamga sumalak berish kerak!”;
45. “Oʻrtoq starshina, bitta “potaha” qiling endi...”;
46. “Men yongʻoqni shaqir-shuquriga ishqibozman, xolos”;
47. “Bizning chaqaloqligimizda “roddom”da almashtirib qoʻyishgan...”;
48. “Kechirolsang, kechir meni, Masha… Sizlarni men sotganman!”;
49. “Kuydirgan kallani koʻrganmisiz… qarang…”;
50. “Bu qoʻshigʻingning aytilishi oʻrischa ekan, eshitilishi oʻzbekcha ekan!”;
51. “Lyuboy ruscha soʻzni yumshoqroq talaffuz qilsangiz, oʻzbekcha boʻlib qolaveradi”;
52. “Yumshoq “h” mi yo qattiq “x” mi?”;
53. “Anvar Gʻaniyev bilan Anvar Sanayev ikkovi aka-ukami?”;
54. “Shu qoʻshiqni toʻgʻri aytguncha aytaverasiz...”;
55. “Mana shu toshni 18 yoshimdayam koʻtara olmasdim, hozir ham koʻtara olmayman!”;
56. “Enamniyam koʻrdim, dunyoniyam koʻrdim...”;
57. “Asalning ichiga tirik ari tiqib qoʻygan”;
58. “Tabiiy olma yemoqchi boʻlsangiz, qurt yeganidan oling”;
59. “Mazza qilib reklama koʻrib oʻtirsang, orasiga kino qoʻyib yuborishadi...”;
60. “U yoqqayam bu yoqqayam oʻrayapsiz-u, orqangiz boʻsh ketayapti…”;
61. “Pul koʻpaysa odam kekirvorarkan…”;
62. “Sizlar 40 gradus issiqda choy ichasizlar, biz indamayapmiz-ku!”;
63. “Terma jamoamiz hech boʻlmasa bitta-bitta “morojonoe” yeb qaytsin...”;
64. “Oʻzbekiston jahon chempionatiga chiqa olmadi, chiqa olmaydiyam-da!”;
65. “Agar sudya biznikilarga sariq koʻrsatsa, biznikilar sudyaga qizil koʻrsatadi”;
66. “Basharangga tupurvorardim-u, hamma qarab turibdi-da”;
67. Zidan bu Zayniddin-da, oʻzbekda… “Chempionatinggayam dedi, oltindan boʻlgan kubogingayam, dedi, oʻyininggayam, stadioninggayam dedi… Shartta chiqib ketdi!”;
68. “Braziliya nima uchun chempion boʻladi, chunki ularda choyxona yoʻq!”
Biz bu iboralar sonini qiziqchining yoshiga mosladik, xolos. Aslida bunday mazmundagi hazil jumlalarni eslagan sari eslayverasiz. Xohlasangiz, siz ham davom ettirishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshida vafot etgan. Bugungi kunda marhum ijodkorning farzandlari Intizor hamda Madina Tojiboyevalar ham yumoristik rollari bilan nom qozonmoqda.1.jpg)
Sirojiddin RUSTAMOV,
Oyina.uz