Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida Jahon Otin Uvaysiyga tegishli noyob oftoba saqlanishini bilasizmi?
Muzeyda saqlanayotgan oftoba noksimon shaklda boʻlib, oʻng va chap tomonida bodomsimon shakl qoburtma qilib ishlangan. Oftobaning qorin qismi yuqoriga qarab torayib borib, olti qirrali tumshuq hosil qiladi. Qopqogʻi oltiqirrali, qubbasimon shaklda boʻlib, aspak yordamida dastaga birlashtirilgan.
Dastasi quyma, yassi, uchida ilon tasviri bor. Joʻmragi vertikal, qirrali, yuqori qismi oldiga egilgan, chiroyli gulsimon sanula oʻrnatilgan. Oftobaning sirti toʻliq oʻsimliksimon va qisman geometrik naqshlar bilan bezatilgan.
Mis buyumlarning eng koʻp tarqalgan turi – yuz-qoʻl yuvish uchun ishlatiladigan obdastalar va tahorat olish uchun ishlatiladigan oftobalar boʻlgan. Yana forscha “dastshoʻy” soʻzi bilan metall qoʻl yuvish idishi atalgan, u suv solish uchun ishlatilgan.
Gorizontal ravishda egilgan keng tomonlari va maxsus quyish teshiklari boʻlgan qopqogʻi boʻlgan. Dastshoʻy mehmonlarga kechki ovqatdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish uchun, suv uchun maxsus koʻza – obdasta bilan birga olib chiqilgan. Andijon shevasida u chilopchin nomi bilan ham mashhur.
Jahon otin Uvaysiy (1779—1845) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi, shoira. Margʻilonda tugʻilib ijod qilgan. Qoʻqonga koʻchib kelgach, Amir Umarxon va Nodira begimning taklifiga binoan saroyda sheʼriyatdan dars bergan va Nodiraga ustozlik qilgan.