Jamoaviylik — samarali faoliyat asosi!

Markazning Toshkent viloyati bo‘limi xodimlari uchun «Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish» mavzusida amaliy-psixologik trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar interaktiv mashg‘ulotlar, jamoaviy topshiriqlar va amaliy mashqlarda faol qatnashib, o‘zaro ishonch, hamkorlik, samarali muloqot va mas’uliyat kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamladilar.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram