Joriy yil iyun oyining 10-sanasidan start olgan “Muzeylararo 90 kun” loyihasi qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Loyiha doirasida yurtimiz mahallalari aholisi, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, oliy ta’lim va kasbiy ta’lim talaba-o‘quvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi”, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmualariga hamda “Temuriylar tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” davlat muzeylari, Adiblar xiyoboniga tashriflari amalga oshrilmoqda.

Bir vaqtning o‘zida majmualarda “Mustaqillik soatlari” ham tashkil etilyapti.

telegram | Facebook

YouTube | Instagram