📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
🌍 O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida Samarqand shahrida “Mahalla – ma’naviy makon” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy va samarali usullari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, hududlarda to‘plangan ilg‘or tajribalar muhokama qilinib, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bildirildi.
Seminar so‘ngida mahallardagi xojilar mahallarga ma’naviy ko‘makchi sifatida “Marifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zoligiga qabul qilinadi.