Markaz xodimlari uchun tashkil qilinayotgan mazkur darslarda SI’dan oddiy qidiruv vositasi sifatida foydalanishdan boshlab, aniq promptlar tuzish, shaxsiy yordamchilar yaratish, NotebookLM va Fireflies kabi vositalar bilan ishlash, Zapier va n8n orqali jarayonlarni avtomatlashtirishgacha bo‘lgan 7 bosqich izchil va amaliy tarzda o‘rganilmoqda.
Mazkur yondashuv orqali Markazda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, ish unumdorligini oshirish hamda faoliyatga innovatsion yechimlarni bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.