Ushbu kurs davomida ishtirokchilar:

- hujjatlarni tez va sifatli tayyorlash;

- ma’lumotlarni tahlil qilish;

- zamonaviy taqdimotlar yaratish;

- matnlarni tahrirlash va takomillashtirish kabi kundalik ish jarayonlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Kurs yakunida ishtirokchilarning egallagan bilim va amaliy mahorati test sinovlari orqali baholandi. Yuqori natija qayd etgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu kurs nafaqat yangi bilim, balki ish samaradorligini oshirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va raqamli ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.