Unda tegishli vazirlik va idoralar, soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirok etib, yosh futbolchilar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni, mavjud muammolar, istiqboldagi vazifalar va yangi tashabbuslar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Muhokamalar davomida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilovchi “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shuningdek, har bir mas’ul tashkilot o‘z oldiga aniq vazifalarni belgilab olib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur tashabbuslar yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.