Bu kitob Turon sivilizatsiyasining fikrlash tarzi, qadriyatlari va davlatchilik an’analarini yorituvchi manbadir. Mualliflar tarixga voqealar yig‘indisi sifatida emas, ming yillik tafakkur tarixi sifatida yondashganlar. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning o‘z sivilizatsion ildizlarini anglashi kelajakni qurish uchun juda muhimdir. Mazkur asarning o‘ziga xosligi - unda bosma nashr imkoniyatlari raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan. O‘zbekistondagi ilk gibrid kitoblardan biri bo‘lib, undagi QR-kodlar orqali hujjatli filmlar, xaritalar va multimediya materiallarini ko‘rish mumkin.

“Jangovar ruh” - o‘tmishni shunchaki eslash emas, balki uni anglash, milliy tafakkur va strategik fikrlashni shakllantirish uchun yozilgan. Zero, haqiqiy kuch tafakkurdan boshlanadi.