Musiqa – bu soʻz yunoncha mousiche soʻzidan olingan boʻlib, uning tub ildizi “muzalar sanʼati” degan maʼnoni bildirgan. Muza – yunon mifologiyasidagi sheʼriyat, sanʼat va fan homiylari sanalgan 9 maʼbudning umumiy nomi boʻlgan. Tilimizda ishlatiladigan muzey soʻzining ham tub ildizi shunga borib taqaladi va u “muzalar ibodatxonasi” degan maʼnoni anglatgan.

Eshqobil Shukur, “Bobosoʻz izidan” kitobidan.