#Mustaqillik35

#Buxoro

🇺🇿 Buxoro viloyatida "Mustaqillik to‘yi" festivali davom etmoqda

“Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida bugun Vobkent tumanida "Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida bir qator ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy, badiiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” loyihasi doirasida Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari a’zolari tuman mutasaddi rahbarlari hamda ziyolilar va nuroniylar hamrohligida tumandagi yetti pir ziyoratgohidan biri — Anjir Fag‘naviy qadamjosida kutib olindi.

Tashrif davomida Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari tomonidan ziyoratgoh hududiga gul ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Batafsil

📌 "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumotni mustaqillik35.uz veb-sayti orqali kuzatib boring!

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram