Şarq tasavvuf tafakkuri rivojida Buxoro va undan yetişib çiqqan aziz-avliyolar, tasavvuf murşidlari alohida örin tutadi. Buxoroda ildiz otgan Naqşbandiya tariqati nafaqat Turkiston va Xuroson hududida, balki butun Kiçik Osiyo (Anadolu) hamda Bolqon yarim orolida ham keng yoyildi.

Naqşbandiylikning Anadolu zaminiga, xususan, Usmonli imperiyasining poytaxti bölmiş Istanbul bağriga kirib borişi va u yerda birinçi mustaqil Naqşbandiylik dargohi hamda takkalarining barpo etilişi bevosita Şayx Sayyid Amir Ahmad al-Buxoriy (qisqaça Amir Buxoriy) nomi bilan boğliqdir.

Şayx Sayyid Ahmad al-Buxoriy al-Husayniy taxminan hijriy 849 (milodiy 1445) yilda tasavvufning buyuk markazlaridan biri bölmiş Buxoro şahrida dunyoga kelgan. U ham Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) xonadoniga mansub sayyidlar sulolasidan, ham Naqşbandiylik tariqatining oltin silsilasidagi buyuk siymolardan biri bölmiş Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviyning (vafoti 715/1315-16) evarasi edi.

U dastlabki diniy va tasavvufiy tahsilini Buxoro madrasalarida oldi. Yoşligidanoq zohiriy va botiniy ilmlarni puxta egallagan Amir Buxoriy söngra Samarqandga yöl olib, u yerda davrning eng nufuzli tasavvuf peşvosi Xoja Ubaydulloh Ahror (vafoti 1490) hazratlariga intisob etdi va uning dargohida sayr-u sulukka (tasavvufga) kirdi.

Samarqanddagi Xoja Ahror dargohida Amir Buxoriy Anadoludan kelgan yana bir buyuk tolib – Şayx Abdulloh Ilohiy (vafoti 1491) bilan tanişdi va u bilan qalin döst hamda yöldoş böldi. Amir Buxoriy kelib çiqişi jihatidan ham Sayyid, ham Mahmud Fağnaviy avlodi bölgani uçun murşidi Ubaydulloh Ahror unga alohida izzat-ikrom körsatardi. Biroq, bu alohida eʼtibor va hurmat Amir Buxoriyni zohiriy kibrga keltirmadi, aksinça kamtarlik yuzasidan boşqa muridlar orasida noqulaylik sezib, sulukini Anadoluda davom ettirişga qaror qildi.

Şayx Abdulloh Ilohiy Anadoluga qaytişga ruxsat söraganida, Amir Buxoriy ham Buxorodagi oilasi va ahli aʼyolini qoldirib, Ilohiy bilan birga safarga çiqiş uçun Xoja Ahrordan ijozat oldi. Şunday qilib, ikki tasavvuf peşvosi Anadolu tomonga yöl oldilar. Abdulloh Ilohiy özining vatanida – Kutahyaning Simov tumanida joylaşib, u yerda Anadoludagi birinçi Naqşbandiylik dargohiga asos solgaç, Amir Buxoriy uning yonida qoldi va uşbu dargohning imomi etib tayinlandi.

Amir Buxoriy özining piri Abdulloh Ilohiyga nihoyatda sadoqat bilan xizmat qildi. Tarixiy manbalarda, xususan Lamiʼi Çalabiyning “Nafahot tarjimasi” hamda Taşköprizodaning “Aş-Şaqoyiq Numoniya” asarlarida keltirilişiça, Abdulloh Ilohiy öz murşidi va öng qöli bölgan Amir Buxoriy haqida şunday degan edi:

“Sayyid Ahmad al-Buxoriy roppa-rosa olti yil mobaynida xufton namozining tahorati bilan bizga bomdod namozini öqib berdi.”

Majlisdagilar Amir Buxoriydan “Qaçon orom olasiz?” deb söraganlarida, u şunday javob bergan:

“Har kuni quyoş çiqqaç, şayxning eşagini olib toqqa otlanaman. Şayxning oşxonasi uçun ötin taşiyman. Hayvonlarni ötlatişga qöyib, özim bir daraxtga suyangança bir soatgina hordiq olaman.”

Nafs olovini öçiriş va xalqdan ayri holda xilvatda ibodat qiliş maqsadida, Şayxining izni bilan u Hijoz tomonga yöl oldi. Yolğiz çiqqan bu safarida yonida atigi bitta eşak, piridan olgan 10 dirham pul va keçki dasturxondan olingan bir burda non bor edi. Kitoblardan faqat Qurʼoni Karim va Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si mavjud edi. Yölda Qurʼon öğirlab ketilgaç, bir kişining iltimosi bilan “Masnaviy”ni ham 200 dirhamga sotib yubordi. Butun safar davomida u birovdan sadaqa va mol qabul qilmadi, faqat bir kişi Xoja Bahouddin Naqşband ruhi uçun atagan 1 dinornigina rad etolmay oldi.

Hijozga kelgaç u bir muddat Quddusda va bir yilga yaqin Makka şahrida yaşadi. Öziga har kuni Kaʼbani 7 marotaba tavof qilişni va Safo hamda Marva orasida saʼy qilişni niyat qilgandi. Tuni bilan ibodatda bölib, nihoyatda ozğin va nimjon gavdasiga qaramay, bir soat ham uxlamay vaqt ötkazardi. Keyinçalik Şayx Abdulloh Ilohiy unga xat yuborib çaqirgaç, darhol itoat etib Simovga qaytib keldi.

Amir Buxoriyning qalbida Istanbul şayxlarini ziyorat qiliş va u yerdagi maʼnaviy muhitni örganiş iştiyoqi paydo bölgaç, Şayx Ilohiy unga izn beradi.

Istanbulga kelgan Amir Buxoriy maşhur tasavvuf allomasi Şayx Vafo zoviyasiga tuşdi. Asr namozida masjidga kirib, Şayx Vafoning ortida namoz öqidi. Namozdan söng avrod öqilayotganda odob bilan uzoqroqda ötirdi. Şayx Vafo bilan nigohlar töqnaşdi va zikr tugagaç, Şayx Vafo örnidan turib Amir Buxoriyni quçoqlab, unga ikrom körsatdi.

Amir Buxoriy u yerda körgan bir tuşini şunday xotirlaydi:

“Ruyomda Şayxning masjidi burçagida juda ojiz yonayotgan bir qandil kördim. Mening qölimda bir mum bor edi va uni şu qandildan yoqmoqçi böldim. Uç bor urindim, ammo har safar qandil közdan ğoyib bölaverdi...”

Uşbu maʼnaviy işoradan söng u Şayx Ilohiyga maktub yuborib, Istanbulga kelişini hamda bu yerda maʼrifat çiroğini yoqiş lozimligini taʼkidladi.

Şayx Abdulloh Ilohiy vafot etgaç, uning mutlaq xalifasi va silsila davomçisi bölmiş Amir Buxoriy 1477-yildan eʼtiboran Istanbulda mustaqil irşod faoliyatini boşladi. U Istanbulda Naqşbandiylik tariqatini yoygan ilk mutasavvif sifatida tarixga kirdi.

Sulton Mehmed Fotih hamda Sulton Boyazid II va Sulton Salim Yovuz davrlarida Amir Buxoriyning obrö-eʼtibori ğoyat baland edi. Fotih masjidi yaqinida (hozirgi Fotih tumani, Amir Buxoriy dahasi), şuningdek Ayvonsaray va Qosimpoşoda uning nomi bilan boğliq dargoh va masjidlar qad kötardi. Amir Buxoriy muridlar va toliblar uçun maxsus hujralar qurdirib, ularning taʼminoti va maişiy ehtiyojlarini qoplaş maqsadi bilan vaqflar taʼsis etdi.

Amir Buxoriyning majlislari yuksak haybat, viqor va sukut (jimlik) bilan ajralib turardi. Manbalarda aytilişiça, uning atrofida ötirgan muridlar “göyo boşlariga quş qönib turgandek” jimgina, odob qoidalariga rioya qilgan holda halqa qurişardi.

Amir Buxoriy kaşfi qulub (havotirni biliş) sifatiga ega edi. Toliblar içlarida keçayotgan savollar va şubhalarga sörab ötirmasdan, Şayxning umumiy maʼruzasi va suhbatidan töğridan-töğri javob olardilar. Uning majlisida dunyoviy ğiybat va befoyda sözlarga aslo örin berilmas edi.

Uning tariqat yöli quyidagi tamoyillarga tayanar edi:

– Azimat bilan harakat qiliş;

– Bidʼatlarni butkul tark etiş va sunnatga qatʼiy ergaşiş;

– Zohiriy şaklbozlikni tark etib, insonlardan ayri holda sukut bilan zikr etiş;

– Oz yeyiş, oz uxlaş va oz gapiriş;

– Tunlarni ibodatda, kunduzlarni esa rözada ötkaziş.

Şayx Sayyid Amir Ahmad al-Buxoriy hijriy 922 (milodiy 1516) yilda Sulton Salim Yovuz hukumronligi davrida taxminan 73 yoşida Istanbulda vafot etdi. U özi barpo ettirgan Fotihdagi dargoh masjidi yoniga dafn etildi. Uning qabri bugungi kunda ham tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi.

Amir Buxoriyning vafoti va janozasi jarayonida röy bergan karomatlar haqida uning yetakçi xalifasi va ğassoli Şayx Mahmud Çalabi şunday hikoya qiladi:

“Şayx vafot etgaç, uni yuviş vazifasi menga topşirildi. Muhiblaridan biri suv quyardi, yana bir kişi esa soçiq bilan mening peşonamdagi terni artib turardi, çunki men haybat va uyatdan qattiq terlayotgandim. Yuviş asnosida Şayxning uç marotaba közlarini oçib, xuddi tirik insondek menga boqqanini kördim! Qabrga qöyganimizda esa, u zot öz-özidan qiblaga qarab burildi. Buni hatto qabr tepasida Qurʼon tilovat qilayotgan hofizlar ham körib, qiçqirgança salovot ayta boşladilar”.

Amir Buxoriydan söng uning maʼnaviy yölini Mahmud Afandi (vafoti 1531), maşhur şoir va olim Lamiʼi Çalabi (vafoti 1532), Piri Halifa Hamidi (vafoti 1555) hamda Hakim Çalabi (vafoti 1566) kabi xalifalari davom ettirdilar.

Şayx Amir Buxoriy nafaqat tasavvuf piri, balki turkiy tilda çuqur maʼnoli va jozibador şeʼrlar bitgan orif şoirdir. Uning turk tilidagi “Devonça”si 56 ta şeʼrdan (ğazal va masnaviylardan) iborat. Uşbu devonçada klassik devon şeʼriyatining va tariqat şeʼriyatining asosiy tuşunçalari öz aksini topgan.

Amir Buxoriy ilohiy qaraşlarida Yaratuvçiga bölgan işq – qalbni obod qiluvçi va insonni haqiqiy tiriklikka olib çiquvçi yagona kuçdir. Şoir fikriça, Yaratuvçi sevgisidan holi bölgan köngillar zohirda tirik körinsa-da, haqiqatda ölikdir. Uning maʼşuq konsepsiyasi zohidona tuşunçalardan tubdan farq qiladi: u jannat va hurlar ilinjida emas, balki Yaratuvçining diydoriga oşiqdir. Uning taʼkidlaşiça, Haqni taşqaridan emas, öz qalbidan izlamoq lozim, çunki bu olam – Yaratuvçi tajalliy va zuhurining közgusidir. Haq yölidagi oşiq öz foniylik (ötkinçi) jonidan keçib, el orasidagi “devonalik”ni eng oliy şaraf deb bilişi zarur.

Amir Buxoriy öz asarlarida Naqşbandiylikni yöllarning eng aʼlosi sifatida uluğlaydi va öz murşidi Abdulloh Ilohiyga bölgan çeksiz sadoqatini bayon etadi. Naqşbandiya tariqatining taşqaridan xalq bilan, içkaridan Haq bilan böliş ğoyasi u uçun ruhning eng yuksak halovatidir. Şoir har bir amalda faqat Haq rizosini közlaşga, riyo va şirkdan holi bölişga çaqiradi. Orif kişi uçun bir nafas bölsa-da Haqdan ğofil böliş – boşdan-oyoq gunohga botiş bilan tengdir.

Amir Buxoriy devonining eng ötkir ijtimoiy-falsafiy yönalişi dunyoparastlik va mansabsevarlikni tanqid qilişga qaratilgan. Şoir dunyoni aldamçi va hiylakor “ibrat Makoni” deb ataydi. U amaldorlik va şon-şuhrat ketidan quvgan kimsalarning zohiriy dabdabasiga emas, içki ruhiy azoblariga eʼtibor qaratadi. Barça dunyoviy intilişlardan keçib, fano (yöqlik) va qanoat maqomiga erişgan orif uçun ilgarigi izzat-mansablar tubi yöq quduqqa aylanadi.

Amir Buxoriyning hayoti yuksak axloqning yorqin namunasidir. U insoniyatni vaqtinçalik mansab va dunyo molidan voz keçib, qanoat ila Yaratuvçining diydori va komil bandalik (ubudiyyat) darajasiga intilişga daʼvat etadi. Uning maʼrifiy merosi Turkiston va Usmonli turkiy adabiy-tasavvufiy muhitini boğlovçi oltin köprik bölib xizmat qiladi.

Abdullajon USMONOV,

ÖzR FA Tarix instituti tayanç doktoranti

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. GELİBOLULU MUSTAFA ÂLÎ. KÜNHÜʼL-AHBÂR, 4. RÜKÜN. Hazırlayan Suat Donuk. TÜRKİYE YAZMA ESERLER KURUMU BAŞKANLIĞI. İstanbul, 2024.

2. Taşköprülüzâde Ahmed Efendi, Eş-Şakâʼikuʼn-Nuʼmâniyye fî Ulemâiʼd-Devletiʼl Osmâniyye, Osmanlı Âlimleri (Haz. Muhammet Hekimoğlu), Türkiye Yazma Eserler Kurumu Başkanlığı Yay., 1. bs., İstanbul 2019.

3. Abdülmecîd Hânî, Hadâikuʼl-Verdiyye - Nakşi Şeyhleri, (Çev. Mehmet Emin Fidan), Semerkand Yay., 1. bs., İstanbul 2011

4. Kara, Mustafa; "Emîr Buhârî", TDV İslâm Ansiklopedisi, C. XI, İstanbul 1995, ss. 125-126.

5. Tek, Abdurrezzak; İstanbulʼda Buharalı Bir Derviş, Emir Ahmed Buharî, Diyanet İşleri Başkanlığı Yay., 1. bs., Ankara 2015.