“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi hududidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" davlat muzeyi faoliyati bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Maqsad — tarixni shunchaki namoyish etish emas, balki uni har bir tashrif buyuruvchi his qiladigan, anglaydigan va xulosa chiqaradigan makonga aylantirish.
🔹 Ekspozitsiyalarni zamonaviy muzey standartlari asosida boyitish;
🔹 Interaktiv va raqamli texnologiyalarni joriy etish;
🔹 Tarixiy voqealarni ishonchli manbalar va ilmiy yondashuv asosida yoritish;
🔹 Yoshlarda milliy xotira, mustaqillik qadri va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi konseptual yechimlarni ishlab chiqish
masalalari muhokama qilindi.
Muzeyni zamon talablari asosida yangilash milliy xotirani asrash va uni kelajak avlodga ta’sirchan hamda zamonaviy usullarda yetkazish yo‘lidagi muhim qadamdir.