Muzeyda

Beshinchi sinf bolalari tasviriy sanʼat muzeyiga borishibdi. Qaytishayotganida direktor soʻrabdi:

– Xoʻsh, bolajonlarim, muzeyda yodingizda qoladigan nimadir boʻldimi?

– Boʻldi, boʻldi, – bolalar bir ovozdan javob qaytarishibdi.

– Nima boʻldi?

– Tarona muallimning zinalardan yumalashi.

Qonun

Xotin eriga qarab gʻazab bilan baqiribdi:

– Sizga erga tekkuncha shayton bilan turmush qurganim yaxshiydi.

Er ohista tirjayib javob beribdi:

– Afsus, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilishiga qonun yoʻl bermaydida...

Suhbat

Ikki chukcha yoʻlda suhbatlashib borardi:

– Shu desang, bir kun yoʻlda ketayotganimda 10 dollar topib oldim.

– Xoʻsh, keyin nima qilding?

– Yirtib tashladim.

– Nega axir?

– Soxta edi chunki.

– Qayerdan bilding soxtaligini?

– Axir qayerda koʻrgansan 10 raqamida ikkita nol boʻlganini?

Savol

Kichkintoy Ozar otasidan soʻrabdi:

– Ota, nega 8-mart taqvimda qizil rangga boʻyalgan?

Ota chuqur xoʻrsinib shunday debdi:

– Bu erkak qonining rangi, bolajonim.

Yangi parhez usuli

Oygun Kozimova Roʻyodan soʻrabdi:

–Qanday ozib ketibsan, goʻzalsan, koʻz tegmasin. Yangi parhez usulini topdingmi?

– Aha.

– Xoʻsh, qanaqa ekan u?

– Ildiz, sabzi va kartoshka.

– Nima qilish kerak, qaynatib yeyish kerakmi yo qovurib?

– Yerdan qazib olish kerak.

Deputat

Nofaol, saylovdan keyin koʻrinmay ketadigan deputatlardan biri jonli debatda xalqiga murojaat qilibdi:

– Meningdek deputati boʻlgan xalqning nima kamchiligi bor axir?

Bir qariya orqadagi oʻrindiqdan qichqiribdi:

– Valeryankasi...

Falsafamaniya

Aristotel eshakni ters minib ketayotgan ekan. Shu payt undan “Nega eshakni ters minib olding?” deya soʻrashibdi. “Orqadan kelgan xavf-xatarni koʻrish uchun” debdi. “Mayli-ku, oldindan kelganni-chi?” deya savol berishibdi yana. U shunda “Oldindan kelganni eshak ham koʻra oladi” deya javob qaytaribdi.

Oʻzgarmaydigan haqiqat

Narx-navo xuddi bolaga oʻxshaydi. Bir pasda oʻsib ketaveradi.

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON