Alisher Navoiyning “Devoni Foniy”si bugungacha olti marotaba nashr etilgan. Tehrondagi nusxasi asosida 1963-yili mashhur adabiyotshunos olim Rukniddin Humoyunfarruh ilk nashrini chiqargan. Hozircha eng mukammal deb qaralayotgan Parij nusxasi esa 1965-yili taniqli sharqshunos Hamid Sulaymon tomonidan Alisher Navoiyning oʻn besh jildlik asarlari tarkibida ilk bor bosilib chiqqan. 1993-yilda Dushanbeda, “Irfon” nashriyotida Rahmon Rajabiy muharirligida nashr etilgan. Alisher Navoiy asarlari 20 jildlik “Mukammal asarlar toʻplami”ning 18, 19, 20-jildlaridan ayni devon oʻrin olgan. Shuningdek, 2011-yilda Alisher Navoiyning “Toʻla asarlari toʻplami”ning beshinchi jildi ham mazkur devonga bagʻishlangan. “Devoni Foniy”ning Eronda amalga oshirilgan ikkinchi nashri hijriy 1400-yilda Sayid Abbos Rustohiz Sonchorki tomonidan amalga oshirilgan. Ayni maqolamizda shu nashrlarning birortasiga kiritilmagan ikki gʻazalning aslini va tabdilini bergan holda tahlilga tortamiz.

“Devoni Foniy” qoʻlyozmalari asosida tiklangan gʻazallar soni 554 tani tashkil etsa-da, Parij milliy kutubxonasidagi 1345-raqamli nusxasidan oʻrin olgan “muxtara” va “dar bivafoyi ahli zamon” sarlavhali gʻazallari hech bir nashrda uchramaydi. Amalga oshirilgan nashrlarning eng toʻligʻi hisoblanmish “Toʻla asarlar toʻplami” va Erondagi Sanchorkiy nashri tarkibiga 552 gʻazal kiritilgan. “Mukammal asarlar toʻplami”da esa garchi mualliflar 18-jildga 267 ta, 19-jildga esa 285 ta – jami 552 gʻazal kiritilgani toʻgʻrisida maʼlumot bersalar-da, gʻazallar bilan bogʻliq kamchilik yuzaga chiqib, ularning miqdori 549 ta ekanligi maʼlum boʻldi. Yaʼni, uchta gʻazal takroran kiritib qoʻyilgan. Ular quydagilar:

Gʻazalning birinchi misrasi

Jildi

Gʻazal oʻrin olgan betlar

تا گدایی در میکده آیین منست

18

150-bet

میل سروم ز هوای قد دلجوی تو بود

18

221-bet

چو خس گم گشتم اندر باغ حُسن و ناز گل رویی

19

302-bet

Daslabki misrasi keltirilgan gʻazallar “Mukammal asarlar toʻplami” 18-jildining 153, 222-betlarida “tatabbu’ Xoja” va 19-jildning 303-betida “tatabbu’ Maxdum” sarlavhali gʻazallar takror kelgan.

Quyidagi gʻazallar “Mukammal asarlar toʻplami”da uchramadi:

1

بی گل رویت ز نرگسها فشانم لاله ها

2

چون ندیده هیچگه نی از جهان وفا

3

ای گلشن جمال توام نوبهار عمر

4

ریخت می بر خرقه ام وز زُهد حاصل شد فراغ

5

شب هجرم چه سود از مه جمال یار بایستی

Mualliflar “Mukammal asarlar toʻplami”ni tuzishda eng mukammal hisoblangan Parijdagi 285 raqamli qoʻlyozmaning fotonusxasidan asos sifatida foydalanishgan. Shuningdek, “Devoni Foniy”ning Tehron nashri, tojikistonlik adabiyotshunos Murodiy (Tojiboyev Hojimurod) nashrga tayyorlagan “Devoni Foniy” qoʻlyozmasidan ham istifoda etilgan. Tahlil qilinayotgan gʻazallarning biri Parijdagi 285 raqamli nusxada mavjud va u 173a varaqda hoshiyaga yozilgan, lekin tashqi taʼsir natijasida qoʻlyozma varaqlari har bir misrasining oxiri, ayrim misralarning yarmi oʻqib boʻlmaydigan holatga kelgan. Bu ikki gʻazal Parijdagi 1345 raqamli nusxada mavjud ekanligi hisobga olinsa, ehtimol, mazkur nusxadan hech bir nashrda foydalanilmagan.

Parij milliy kutubxonasidagi 1345 raqamli devon qoʻlyozma nusxasining 12b varagʻida joylashgan “Muxtara” gʻazali quyidagicha:

بی گل رویت ز نرگسها فشانم لاله ها

لاله نی کز غنچه خونین شده پر گلها

شربتی دان از نبات آمیخته ز آب حیات

لعل تو و انکه حباب ریزه اش تبخالها

شیشه عیثش که ظاهر شد بدوران چون حساب

کش زمانه سنگ بارانش نکرد از ژالها

دل برستی ز افت چشمان تنگ ترک من

گر گرفتاری نبودیش آخر از دنبالها

خم چو جنگم شد قد از بار غم رعنا قدی

ز ان سبب از سینه در هر گوشه دارم نالها

ماه را یک هاله باشد عکس ساقی بین بسی

از خطوط دور ساغر کرد و ظاهر هالها

زنده از امید وصلت گر نبودی تا کنون

فانی از هجرت برابر بود با صد سالها

Bēi guli ruyat zi nargis-hā fišānam lālahā

Lāla nē k-az γunčai xūnin šuda pargā-lahā

Šarbatē dān az nabāt āmēxta z-ābi hayāt,

Laʼli tū v-āngah hubābi rēzaaš tabxālahā.

Shishai ayshaš ki zāhir šud ba davrān chun hisob,

K-aš zamāna sangbārānaš nakard az Žālahā.

Dil birasti z-ulfati čašmāni tangi turki man,

Gar giriftārī nabūdiš āxar az dunbālahā.

Xam čū čangam šud qad az bāri γami raʼnā-qadē,

Z-ān sabab az sina dar har gūsha dāram nālahā.

Māh-rā yak hāla bāšad aksi sāqi bin basē,

Az xutūti davri sāgʻar karda zāhir hālahā.

Zinda az ummēdi vaslat gar nabūdi tā kunūn,

Fānī az hajrat barābar būd bā sadsālahā.

Alisher Navoiy. Devoni Foniy.

Parij milliy kutubxonasi. Inv:1345. 12b varaq.

Bu gʻazal Parij milliy kutubxonasidagi ikki qoʻlyozmada mavjud, xolos. Qolgan yetti qoʻlyozmada uchramaydi.

Ushbu gʻazalning asosiy mazmuni ishqiy iztirob, visolga umid va hijron azobi boʻlib, lirik qahramon yor jamolidan ayro qolgan holatida tabiat obrazlari orqali ichki kechinmalarini bayon qiladi. Alisher Navoiy forsiy gʻazallarida nafaqat ishqiy, balki chuqur tasavvufiy mazmunni ham mujassamlashtiradi. Ushbu gʻazal ham shoirning badiiy tafakkuri va nozik tashbehlar borasidagi yuksak mahoratini namoyon qiladi. Gʻazalda ishqning azobi, hijronning mashaqqati va visolga boʻlgan umid asosiy mavzu hisoblanadi.

Gʻazalning dastlabki baytlarida shoir tabiat obrazlari orqali oʻz ichki kechinmalarini ifodalaydi. Gul, lola, nargis singari anʼanaviy ishqiy timsollardan chiroyli foydalanadi. Xususan, “qonli gʻunchadan boʻlgan parcha” obrazi oshiq yuragidagi dard va iztirobning ramziy ifodasi boʻlib, ishq yoʻlidagi fidoiylikni anglatadi. Bu yerda ranglar orqali hissiy holat tasvirlanib, qizillik iztirob va qon timsoliga aylantiriladi. Shunigdek, Maʼshuqaning lablari “laʼl”, suvi esa “obi hayot” bilan qiyoslanishi gʻazalga tasavvufiy qatlam olib kiradi. Obi hayot – abadiy hayot ramzi boʻlsa, laʼl – ilohiy haqiqat va komillik timsolidir.

Gʻazalda ishq azobining jismoniy va ruhiy taʼsiri yuksak mahorat bilan qoʻllangan tashbehlar yordamida ifodalanadi. Gʻam yukidan bukilgan qomat, koʻksidan taralayotgan nolalar esa iztirobning kuchli va davomliligini anglatadi. Bu tasvirlar oshiqning ichki kechinmalarini koʻrsatadi va gʻazalning hissiy taʼsirchanligini yanada oshiradi.

Gʻazalning soʻnggi baytida shoir oʻz ichki kechinmalarini umumlashtirib, hijron azobi “yuz yil”ga qiyoslanadi, visol umidi esa hayotning yagona tayanchi sifatida talqin qilinadi. Yaʼni, “hozirgacha visoling umidi boʻlmaganida, bir lahzalik firoqing azobi yuz yilga teng boʻlar edi”. Bu bayt gʻazalning gʻoyaviy xulosasi boʻlib, umid insonni tirik tutuvchi eng muhim kuch ekanligi anglashiladi. Ushbu gʻazal Alisher Navoiyning forsiy ijodida ishq, hijron va visol masalalarining naqadar chuqur va badiiy mukammal yoritilganini koʻrsatadi. Foniy ramziy obrazlar, tashbeh va mubolagʻalar orqali ishqni inson ruhini poklovchi, uni komillik sari yetaklovchi kuch sifatida talqin etadi.

Navbatdagi gʻazal ham Parij milliy kutubxonasida 1345 raqamli devon qoʻlyozma nusxasining 12b varagʻida joylashgan boʻlib, sarlavhasi “dar bivafoyi ahli zamon”. G‘azal quyidagicha:

چون ندیده هیچگه نی از جهان نز جان وفا

از تو ای جان و جهان کردن طمع نتوان وفا

دور بزمت یک دمست و بزم دورت ساعتی

کی سزد در یکدم و یکساعت از دوران وفا

بی وفایی لازم انسان و انسانیست

نیست پس انسان هر انکو جوید از انسان وفا

چون ندارد ادمی زان رو وفا ظاهر نکرد

گر پری دارد مگر ظاهر کند پنهان وفا

گر بود سگ را وفا از بی وفا انسان بهست

من سگ آن آدمی کو را بود امکان وفا

از نشاط وصل عاشق را وفا هرگز نبود

تا که عاشق بود دید از محنت هجران وفا

دور خوبی را وفا نبود وفا اندیش باش

ز انکه در خوبی نماید خوب از خوبان وفا

ساقیا از بی وفایهایی دورانم ملول

مست کردم تا نیارم جست ازو چندان وفا

فانیا تا زنده اهل وفا را بنده باش

بی وفایی خو مکن رسم فنا میدان وفا

Čūn nadīda hēčgah nē az jahān n-az jān vafā,

Az tu ēy jān-ū jahān kardan tama’ natvān vafā.

Davri bazmat yak damast-u bazmi davrat soatē,

Kī sazad dar yak dam-ū yak sāat az davrān vafā.

Bēvafāyī lāzimi insān-ū insānīyatast,

Nēst pas insān har ān-k-ō jūyad az insān vafā.

čun nadārad ādamī z-ān rū vafā zāhir nakard,

Gar parī dārad magar zāhir kunad pinhān vafā.

Gar buvad sag-rā vafā az bē-vafāinsān behast,

Man sagi ān ādamē k-ōrā buvad imkān vafā.

Az nišāti vasl āšiq-rā vafā hargiz nabūd,

Tāki āšiq būd did az mehnat hijrān vafā.

Davri xūbī-rā vafā nabvad vafāandēš bāš,

Z-ānki dar xūbī namāyad xub az xūbān vafā.

Sāqīyā az bē-vafāyihāyi davrānam malul,

Mast kardam tā nayāram just az-ū čandān vafā.

Fāniyā tā zindai ahli vafā-rā banda bāš,

Bē-vafāyī xū makun rasmi fanā medān vafā.

Alisher Navoiy. Devoni Foniy.

Parij milliy kutubxonasi. Inv:1345. 12b varaq.

Bu gʻazal “dar bivafoyi ahli zamon” sarlavhasi ostida yozilgan boʻlib, faqatgina Parij milliy kutubxonasidagi 1345 raqamli hamda Britaniya muzeyi fondida saqlanuvchi qoʻlyozmalarda mavjud. Qolgan yеtti qoʻlyozmada uchramaydi. Gʻazalda matladan boshlab to maqtaga qadar “vafo” tushunchasi bayon qilingan.

Alisher Foniyning ayni gʻazalida shoirning insonlar tabiatidagi eng qimmatli fazilat “vafo” va eng yomon illat “bevafolik” masalasidagi qarashlari aks etgan. Unga koʻra “vafo” insonlarda kam uchraydigan kamyob, lekin maʼnaviy kamolotning eng yuksak belgisi hisoblanadi. Shoir gʻazalning dastlabki baytlaridayoq insondan va zamondan vafo kutish naqadar mushkul ekanini taʼkidlaydi. Uning nazarida, inson tabiatida bevafolik ustundir. Shu bois Foniy “insondan vafo izlagan kishi, aslida inson mohiyatini yaxshi anglamagan” degan keskin xulosaga keladi.

Foniy bu gʻazali orqali insonlarni bevafolikdan yiroq boʻlishga hamda vafo ahliga sadoqat bilan xizmat qilishga chorlaydi. Shuningdek, gʻazalda shoir davrida vafo yoʻq ekanligini achchiq va chuqur mazmunli ohangda ifoda etgan.

Foniy ayni gʻazalida tazod badiiy sanʼatidan ham ustalik bilan foydalangan. Misol tariqasida “vafo” va “bevafolik”, “visol” va “hijron” tazodlarini keltirishimiz mumkin. Xususan, gʻazalning toʻqqizinchi misrasida shunday yozadi: گر بود سگ را وفا از بی وفا انسان بهست – “Agar itda vafo boʻlsa, u bevafo insondan yaxshiroqdir”.

Gʻazal maqtasida shoir oʻziga murojaat qilib “insonni tiriklik chogʻidayoq vafo ahliga xizmat qilishga, bevafolikka odatlanmaslikka chorlaydi hamda fano yoʻlining odobi vafo ekanini” taʼkidlaydi. Ushbu gʻazal chuqur falsafiy va axloqiy mazmunga egadir.

“Muxtara”da ishq, hijron va umid mavzulari yetakchi oʻrin egallaydi.

Ushbu ikki gʻazalning “Devoni Foniy” nashrlarida uchramasligi Navoiyning shu kungacha chop etilgan forsiy sheʼrlari toʻliq qamrab olinmaganini koʻrsatadi. Shu jihatdan, devonning maʼlum qoʻlyozma nusxalari bilan birgalikda yangi aniqlangan qoʻlyozma nusxalarini ham chuqur tadqiq etilishini, ular asosida aniqlangan yangi sheʼrlarni ilmiy muomalaga kiritish, kelgusida ilmiy tanqidiy nashrini amalga oshirish bugungi kun matnshunoslari oldida turgan muhim va zarur vazifalardan biri ekanligini tasdiqlaydi.

Mabruk DJURAYEV,

OʻzR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch doktaranti

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.                  Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Parij milliy kutubxonasi. Inv:285-V.

2.                  Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Parij milliy kutubxonasi. Inv:1345.

3.                  Алишер Навоий. Девони Фоний. Асарлар. Ўн беш жилдлик. 5-жилд. I ва II китоблар. Тошкент, 1965.

4.                  Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Девони Фоний – Тошкент, Фан, 2002. 18,19,20 том.

5.                  Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами – 10 жилдлик. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 2011.

6.                  Шодиев Э. “Девони Фоний” нашрлари // “Ўзбек тили ва адабиёти”. 1988, 1-сон.

7.                  امیر علی شیر فانی. دیوان فانی (منتخب). دوشنبه. "عرفان". 1993. ص. 21.

8.                  امیر نظام الدین علیشیر نوایی "فانی". بسعی و اهتمام رکن الدین همایونفرخ. چاپ اول. فروردین ماه 1342. از انتشارات کتابخانه ابن سینا. تهران  ص. دو

9.                  دیوان امیر نظام الدین علیشیر نوایی فانی. به کوشش: سید عباس رستاخیز سانچارکی. با مقاله استاد نجیب مایل هروی. با مقدمه سید رضا باقریان موحد. انتشارات شفیعی. 1400