Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida boʻldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor boʻlgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan koʻra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak boʻlgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. Oʻzbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor boʻlgan dunyo barpo etilishiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor."