Oila – jamiyatning eng kichik boʻgʻini hisoblansa-da, inson hayotida qadriyat oʻlaroq juda katta ahamiyatga esa. Ayniqsa, turkiylar uchun oilaning qiymati boshqacha. Turkiylar uchun oila faqat qon-qondoshlik oʻchogʻi emas, balki har bir kishining or-nomus qoʻrgʻoni sanaladi.
Mazkur maqola oilaning tarixi emas, balki shu soʻzning kelib chiqishi haqida. Tarixiy-qiyosiy yondashilgan lingvistik tahlillar shuni koʻrsatadiki, oila nafaqat etnoslarning, balki tilning shakllanishida ham muhim oʻrin tutgan. Inchunin, har bir bolaning tili oʻz oilasida chiqadi va tafakkur uchqunlari ham shu yerda paydo boʻladi. Ammo tarix boʻhronlari shu darajaga olib keldiki, turkiylar oila maʼnosini anglatuvchi turkiy soʻzni ham unutdilar. Aksar musulmon turkiylar arabcha “oila”ni, rus tilining taʼsir doirasidagi ellar esa “семья”ni qoʻllay boshlashdi.
Mazkur maqolani yozishdan oldin “Oila soʻzi arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchasi nima?” degan birgina savol bilan oʻnlab filolog oʻqituvchilar va boʻlajak tilshunos talabalar orasida soʻrovnoma oʻtkazdim.
Soʻrovnomada qatnashgan jami 30 kishidan 1 kishi “uy”, 1 kishi “qoʻrgʻon”, 1 kishi “oʻt boshi”, 1 kishi “oʻtan” deya javob bergan (Yana “vatan” (arabcha), “kichik vatan”, “ahli”, “ona” kabi javoblar ham bor.