O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni ma’lum qildi.
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ish haqiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi.
Har yili 208 ta tuman va shahardagi ilg‘or o‘qituvchilarga 30 million so‘mdan bir martalik mukofot beriladi.
Har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga oliy ta’lim muassasasida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlarini qoplash maqsadida foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Ushbu yangi imkoniyatlar pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘qituvchi kasbining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.