Oʻzbekiston tarixiga birinchi boʻlib kirganlar koʻp. Ularning ayrimlari keyingi avlod uchun ruhlantiruvchi shaxs boʻlgan boʻlsa, boshqalari "narvon" vazifasini bajargan. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishasiz.

 

 

Oqilxon Sharafiddinov – oʻzbek tilidagi birinchi alifbe darsligi muallifi. 1938-yilda yozilgan mazkur kitob keyinchalik takomillashtirilib, qayta nashr etildi. Hozirgi kunda Toshkentdagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinovning nomi bilan ataladi.

 

 

Georgiy Agzamov – oʻzbekistonlik ilk xalqaro grossmeyster.

Agzamov 1984-yilda (30 yoshida) oʻzbek shaxmatchilari orasida birinchi boʻlib xalqaro grossmeyster unvonini qoʻlga kiritgan.

 

 

Tursunoy Saidazimova – birinchi oʻzbek aktrisasi. U faqat sanʼat sahnasidagina emas, ayollarning maʼnaviy ozodligi yoʻlida ham kurashgan fidoyi shaxs hisoblanadi.

 

 

Solijon Sharipov – ilk oʻzbek kosmonavt. Sharipov 1998-yilda koinotga parvoz qilgan. U ikki marotaba kosmosga uchgan va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

 

 

Rufat Risqiyev – jahon chempioni boʻlgan birinchi oʻzbek bokschisi. U 1974-yilda Kubada oʻtgan musobaqada gʻolib boʻlgan. Keyin Olimpiadada kumush medalni qoʻlga kiritgan.

 

 

Bashorat Mirboboyeva – ilk ayol parovoz mashinisti. Shuningdek, Mirboboyeva birinchi parashyutchilardan. U 1937-yildan boshlab Oʻzbekistondagi birinchi ayol parovoz mashinisti boʻlgan.

 

 

Dilbar Abdurahmonova – oʻzbek va sovet dirijyori, skripkachisi. 1977-yilda SSSR Xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan va tarixda birinchi ayol dirijyor sifatida tanilgan.

 

 

Sobira Xoldorova – qatagʻonda qurbon boʻlgan ilk ayol jurnalist.

 

Xabarga koʻra, bugungi kunda “Oʻzbekistonning birinchi qaldirgʻochlari” nomli hujjatli film namoyishi rejalashtirilgan. Filmda elga ibrat boʻlgan bu shaxslar haqida qisqa, taʼsirchan lavhalar oʻrin oladi.