Oʻzbekistonda nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Prezident imzolagan qonunda belgilangan.
Qayd etilishicha, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish endi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (avval — 5 baravaridan 10 baravarigacha).
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni turmushga berish yoki uylantirish uchun BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi (avval — 7 baravaridan 15 baravarigacha).
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish uchun jarima BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha oshirildi (avval — 15 baravaridan 30 baravarigacha).