Endi Google Pay xizmati Oʻzbekistonda ham ishlaydi.

Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH oʻrtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida “Raqamli texnologiyalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida oʻtkazilgan.

Taʼkidlanishicha, Google Cloudʼning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha rahbari Marsin Krasuski Google Pay xizmati Oʻzbekistonda ishga tushirilganini eʼlon qilgan.