Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 5,9 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan TOP-10 davlat:
– Qirgʻiz Respublikasi — 2 716 447 nafar;
– Qozogʻiston — 1 065 155 nafar;
– Tojikiston — 983 724 nafar;
– Rossiya — 281 571 nafar;
– Turkiya — 239 376 nafar;
– Saudiya Arabistoni — 209 112 nafar;
– BAA — 64 770 nafar;
– Xitoy — 58 531 nafar;
– Misr — 45 583 nafar;
– Vyetnam — 36 347 nafar.
Taʼkidlanishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 132,7 ming nafarga oshgan.