Migratsiya agentligi Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi loyihalarida jami 124 ta boʻsh ish oʻrni uchun fuqarolarni ishga taklif etadi. Bu haqda “Xorijda ish” telegram kanalida maʼlum qilindi.
Ish vaqti kuniga 10 soat, haftasiga 6 kunni tashkil qiladi. Shartnoma muddati 1 yil, keyinchalik 2–3 yilgacha uzaytirilishi mumkin, sinov muddati esa 2 oy.
Belgilangan vaqtdan tashqari mehnat uchun alohida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Arizalar 2026-yil 16-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Vakansiyalar quyidagicha taqsimlangan:
Ekskavator operatori (25 nafar) — ₺47 500
Gʻaltak (katok) operatori (20 nafar) — ₺43 000
Yuklagich (loder) operatori (10 nafar) — ₺47 000
Santexnik (10 nafar) — ₺47 500
Taʼmirlovchi usta / mexanik (5 nafar) — ₺47 500
Avtoelektrik (5 nafar) — ₺48 500
Shina ustasi / vulkanizator (6 nafar) — ₺38 500
Payvandchi (5 nafar) — ₺47 500
Oddiy ishchi (30 nafar) — ₺37 500
Maydon (dala) tarjimoni (turkcha-oʻzbekcha, 8 nafar) — ₺55 000
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
– 18–45 yoshdagi erkaklar;
– Kamida umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi;
– Oʻz sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
– Kamida oʻrta darajada turk tilini bilish;
– Sogʻlom, mehnatkash va zararli odatlardan (spirtli ichimlik) xoli boʻlishi.
Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
– Oʻzbekiston – Turkiya yoʻnalishidagi transport (aviachipta) xarajatlari;
– Aeroportdan yetib borish va ish joyidagi mahalliy transport (avtobus);
– Turkiyada ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish xarajatlari;
– Yashash joyi (yotoqxona) va bepul ovqatlanish;
– Tibbiy sugʻurta hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi (SGK);
– Ish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash xarajatlari;
– Soliq toʻlovlari.