Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida nufuzli kompaniyalar bilan erishilgan kelishuvlari butun dunyo jamoatchiligi eʼtiborini tortdi. Ayniqsa, Boing (Boeing) kompaniyasi bilan 20 ta eng soʻngi rusumdagi drimlaynerni (Dreamliner) harid qilish boʻyicha amalga oshirgan kelishuvi dunyoni hayratga soldi. Bu hayratni, AQSh Prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi va jahonning eng mashhur nashrlari bosh sahifalaridan joy olgan  maqola va munosabatlaridan ham bilishimiz mumkin. Haqiqatdan ham bunday hayratlanarli, olamshumul yangilik boʻldi. Chunki, kompaniya oʻtgan  2024 yilda davomida 51 ta shunday rusumdagi samalyotni haridorlariga yetkazib bergan. Shunday holatda Oʻzbekiston yetakchisining 20 ta samalyotni harid qilishga qilgan qarori nafaqat ushbu kompaniya, balki jahon turizmida yetakchilik qilayotgan davlatlar, kompaniyalarni ham sergak torttirishi tabiiy. Nimaga deganda 20 ta drimlayner kuniga 3 ta halqaro parvozni amalga oshirsa va har bir reysda 400 kishidan boʻlgan taqdirda, bir yilda 9-10 mln.ga yaqin yoʻlovchini tashish imkonini beradi. Bu esa jahon turizmida oʻz oʻrnini yildan yilga barqaror oʻsishda davom etayotgan Yangi Oʻzbekistonning qanday marrani koʻzlaganidan dalolat beradi. Shuningdek, hozirda yurtimizda mavjud boʻlgan 7 ta drimlayner va shu rusumdagi 20 ta samalyot bilan dunyodagi dreymlayonerlarga ega davlatlar ichida Oʻzbekiston havo floti dunyoda 13-14 oʻrinlarni band qilishi mumkin boʻladi. Aslida gap bu reyting yoki hisob-kitoblarda emas, balki favkulotda boy turizm resurslarimizdan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu resurslardan samarali foydalanish farovon, qudratli Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi dadil qadam boʻladi.

Bekzod Abdirimov - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari