Polşaning Gdansk universitetida ötkazilgan xalqaro öquv kurslari doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakili tomonidan “Sunʼiy intellektning jamiyatga taʼsiri” mavzusida maʼruza taqdim etildi.
Tadbirda Yevropaning 27 davlatidan taşrif buyurgan mutaxassislar sunʼiy intellektning jamiyat hayoti, insoniy qadriyatlar, yoşlar dunyoqaraşi va axborot makoniga taʼsiri, şuningdek, zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz va masʼuliyat bilan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Maʼruza davomida sunʼiy intellekt yaratadigan yangi imkoniyatlar, ehtimoliy xavf-xatarlar hamda raqamli davrda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asraşning ahamiyati yuzasidan mulohazalar ilgari surildi.
Mazkur iştirok Özbekistonning sunʼiy intellekt va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalişlardagi xalqaro tajriba almaşinuvi hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram