Prezident Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha tashrif davomida transport infratuzilmasi va zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan tanishish rejalashtirilgan.

19-oktyabr, dushanba kuni davlat rahbari Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.