Oʻzbekiston tarixi va fanida juda katta oʻrin olgan jadidlar oʻtmishiga oid yana bir adabiyot nashr etildi.

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, tarixchi olim Boʻri Qodirovning jadidchilik harakatining koʻzga koʻringan vakillaridan 8 nafariga bagʻishlab tayyorlagan risolalar toʻplami nashr qilindi. Ushbu toʻplam “Maʼnaviyat” nashriyoti tomonidan chop qilingan.

Undan, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Botu (Mahmud Hodiyev), Elbek (Mashriq Yusupov), Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov haqida risolalar joy olgan.