Mazkur roʻyxatdan oʻtkazish Samarqand nonining oʻziga xosligini eʼtirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.

Maʼlumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan edi.

“Samarqand noni” nomining geografik koʻrsatkich va tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.