Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limining joriy yil dastlabki 4 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi apparati va tuman-shahar bo‘linma rahbar-xodimlari ishtirokida o‘tgan tadbirda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etib kelayotgan 
"ENG FAOL YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMI BOSHLIG‘I"
 onlayn so‘rovnomasi g‘oliblari taqdirlandi.