Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida Sharof Rashidov tumanidagi N-sonli harbiy qismda "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida "Shijoat" loyihasi o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda targ‘ibot guruhi a’zolari harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishib, harbiy qismdagi o‘quv binosi, zamonaviy kutubxona va elektron kutubxona sharoitlari bilan tanishdilar. Harbiy texnika muzeyi hamda Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi xonalarini ko‘zdan kechirishdi.
🌐“Mustaqillik to‘yi” festivali haqida batafsil ma’lumotlarni mustaqillik35.uz sayti orqali olishingiz mumkin!