Janubiy Koreyaning Inchon shahrida dunyoning 200 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionligini qoʻlga kiritgani haqda xabar bergan edik.
Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.
13-oktyabr kuni “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi prezident farmoni eʼlon qilindi. Davlat rahbari xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida rekord natijaga erishgan yoshlarni mukofotladi.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
-
Boʻtaxonov Ziyodulla Zoyirjon oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
-
Salomov Ibroxim Uktamovich — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori;
-
Abdujabborov Abdullox Abdugʻofur oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi;
-
Akbarov Shoxruxbek Aʼzamjon oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Kosimov Akbarshox Anvar oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Miraxmedov Ayubxon Anvar oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Pardayev Umarbek Sherzod oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Sodiqov Shukrullo Sherali oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Teshabayev Maxkambek — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Teshabayeva Safina — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri;
-
Tojiqoʻziyev Jasurbek Rustamjon oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Urmanov Baxodir Doniyorovich — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Urmanov Xondamir Doniyorovich — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;
-
Yusupxoʻjayev Hasanxon Alisher oʻgʻli — Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri.