Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi.

Yoʻldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.