“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda o‘zbek shaxmatchilarining kechagi g‘alabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini ta’kidladi.
“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi g‘alabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan bo‘ladi.
Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qo‘yyapsizlar desam, bu ham adolatdan bo‘ladi. O‘n marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.
Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qo‘shilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini ma’lum qildi.