SAIDOV AHROR BAXROM oʻgʻli—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Axborot-tahliliy faoliyat va xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

A. Saidov 2002-yil tugʻilgan, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiati;

2024-yilda dunyoning top-100 taligiga kiruvchi Londondagi "London School of Economics (LSE)" universitetining magistratura bosqichida "Public Policy and Administration" yoʻnalishini tamomlagan.

Tayinlovga qadar A.Saidov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlik boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Jamiyatda maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishdek masʼuliyatli vazifada Sizga kuch-gʻayrat, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.