Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining respublika oliygohlarida bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan farzandlari yillik kontrakt summasining 30 foizigacha subsidiya oladi.
8-oktyabr kunidan kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish jarayoni boshlandi. Toʻlovning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydi.
Arizasi maʼqullangan xodimlarning farzandlari oʻqiyotgan oliygohlarga subsidiya mablagʻlari oʻtkaziladi.