Toshkent shahar ziyolilari ishtirokida "Ziyolilar ovozi" seminar-treningi tashkil etildi

“Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida poytaxtimiz ziyolilar orasidan saralab olingan ishtirokchilar uchun ommaviy chiqish, media savodxonlik, jamoatchilik bilan samarali muloqot va ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish koʻnikmalariga bagʻishlangan trening boʻlib oʻtdi.

Trening davomida ishtirokchilarning aniq, asosli va taʼsirchan fikr bildirish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etish koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Trening mulohazali fikrlar, qizgʻin bahs-munozaralar va oʻzaro fikr almashuvlarga boy boʻldi. Ishtirokchilar oʻz qarashlarini erkin ifoda etib, dolzarb mavzular yuzasidan faol muhokamalarda qatnashdilar.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram