Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi 90 sotix böş maydonda yangi sunʼiy köl va dam oliş maskani taşkil etiş işlari boşlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Unga köra, bu loyiha hudud iqlimini yaxşilaş, çang miqdorini kamaytiriş hamda aholi uçun maroqli hordiq çiqariş imkoniyatlarini yaratişga qaratilgan.

Bölajak köl 37 sotix maydonni egallaydi, çuqurligi esa 2 metrni taşkil etadi. Uni drenaj quduqlari va tabiiy ravişda oqib keladigan ariqlar orqali suv bilan töldiriş rejalaştirilgan.

Loyihani joriy yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan.